Core i9 protsessoriga ega ASUS ZenBook Pro 15ni qarshi oling

ASUS kompaniyasining ZenBook Pro yo'nalishida chiquvchi noutbuklar doimo ommabop bo'lib kelgan. Shu sababdan har bir yangi chiqqan protsessor hamda video grafik qurilmalari, ushbu seriyada yangi qurilma paydo bo'lishiga zamin yaratadi.


Computex 2018 ko'rgazmasida ASUS kompaniyasi o'zining tezkor va yangi laptolaridan biri, ZenBook Pro 15 (UX550GD) taqdim etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu noutbuk faqatgina bir rangda, ya'ni to'q ko'k rangda bo'ladi. 15.6 dyuymli ushbu qurilmaning qalinligi 18,9 mm, vazni 1,6 kgni tashkil qiladi. Uchta issiqlik o'tkazuvchi metal trubkalarning mavjudligi, noutbukda 6 yadroli Intel Core i9-8950HK (Coffee Lake-H) protsessorini muammosiz ishlashini ta'minlay oladi. Boshqa bir variantda esa 6 yadroli Core i7-8750H yoki 4 yadroli Core i5-8300H protsessorlari o'rnatiladi. Grafikaga esa 4Gb tezkor xotraga ega GeForce GTX 1050 video karta javob beradi.

Asosiy harakteristikalarni ko'rib chiqsak.

Tezkor xotira: 8-16Gb gacha; doimiy xotira: 256-512 Gb (SATA SSD) va 512Gb-1Tb (PCI-E SSD); 8 yacheykali 71 Vt/h ga teng akkumulyator batareyasi; 1920x1080 yoki 3840x2160 pikselga ega sensorli va sensorsiz matritsaga ega ekran e'tiboringizni tortishi aniq. Eng muhimi boshqa displeylarga qaraganda ranglar yorqinligi va sifati 100% deya baholangan.

Bundan tashqari noutbuk yon tomonida ikkita Thunderbolt 3/USB 3.1 Type-C, huddi shuncha USB 3.1 Type-A port, HDMI port microSD karta rideri, birlashtirilgan audio port hamda 150 Vt quvvatlagich uchun maxsus port mavjud.

Ushbu noutbuk shu yilning yoz mavsumi so'ngida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Boshlang'ich narx 1300$ deya baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив