ASUS kompaniyasi entuziastlar uchun mo'ljallangan, bir platali Raspberry Pi kompyuteriga raqobatchi - Tinker Board ni ishlab chiqara boshladi. 1.8 GHz chastotali 4 yadroli ARM Cortex-A17 chiplari asosida qurilgan protsessor, 2 Gb LPDDR3 operativ xotira bilan qurollangan plata ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy.
Bundan tashqari Tinker Board gigabit Ethernet, Wi-Fi 802.11n, Bluetooth 4.0, to'rtta USB 2.0 port, bir dona HDMI 2.0 va microSD slotiga egadir. Plata 4K videoni dekoderlash imkoniyatiga ega. Debian Linux/KODI bilan ishlashga moslashtirilgan plata Raspberry Pi ga nisbatan qimmatroq. ASUS ning Tinker Board platasi $70ga baholanmoqda.
Izohlar