HyperX - Cloud Silver naushniki (unboxing)

 

HyperX brendidan geymerlar uchun navbatdagi qurilmani qarshi oling.


Ko'pincha kompyuter, o'yin qurilmalari yoki smartfonimiz yordamida turli musiqa, ovozli o'yinlarni eshitishga odatlanganmiz. Lekin har doim ham ovoz sifatidan to'liqligicha yuqori sifatda baxramand bo'lish imkoniyati yo'q. Bunga sabab esa oddiy, o'ta arzon sifatsiz naushniklardan foydalanishimizdadir. Bugungi sharhimizda Kingston kompaniyasi HyperX brendining Cloud Silver naushnigi haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Ushbu naushnik (o'zbek tilida quloqlik) o'ziga hos imkoniyatlarga ega. Keling ular haqida batafsil to'xtalib o'tsak.

Naushnikda boshqaruv blokchasi mavjud. Maxsus disksimon aylanma yordamida kelayotgan ovoz tovushini o'zinga moslashingiz mumkin. Turli jarayon yoki holatlarda mikrofonni tezkor o'chirib-yoqish tugmasi ham mavjud.

Mikrofonni holatga qarab alohida yechib olishingiz yoki o'rnatishingiz mumkin. Mikrofon maxsus paralon-gubkali himoyaga ega. Ushbu himoya qoplamasi mikrofonga kelayotgan ortiqcha shovqinlarni ushlab qolishda xizmat qiladi. Shu sababli suxbat yoki o'yin jarayonida sizning ovozingiz ortiqcha shovqinlarsiz eshitilishi aniq.

Naushnik korpusi metal-alyumindan ishlangan va shu sababli uning vazni oddiy naushniklarga qaraganda og'irroq. Lekin maxsus yumshoq materiallar naushnik qulog'ingizni boshqa oddiy naushniklarga o'xshab uzoq vaqt ishlatishdan so'ng og'ritmaydi. Boshingiz o'lchamiga qarab naushnikni katta-kichik qilish juda ham onson.

Cloud Silver naushniki TeamSpeak va Discord kompaniyalari sertifikatiga ega va shu sababli ham o'yin jarayonida (sifatli o'yinlarda) ovozlar tiniqligi va realligidan, huddi o'yin ichida yurgandek hissiyot paydo bo'ladi.

HyperX Cloud Silver naushniki quyidagi komplektatsiyaga ega:

- Naushnikning o'zi;

- mikrofon;

- maxsus uzaytirgich kabeli;

- maxsus materialdan ishlangan qopcha.

Uzaytirgich kabelning bir uchiga naushnikni ulashingiz, ikkinchi tomonini esa kompyuteringizga ulashingiz mumkin. Uzaytirgichning birgina jihati, kompyuterga ulash qismida kabel ikkiga bo'lingan, ya'ni mikrofon uchun alohida va naushnik ovozi uchun alohida 3,5mm standart mini-jack mavjud. Naushnikdagi mini-jack esa 4 kontaktli bo'lib, uni bemalol to'g'ridan-to'g'ri smartfoningizga ham ulab ishlatishingiz mumkin.

Maxsus qopcha yordamida naushnikni transportirovka, ya'ni bir joydan boshqa joyga olib ketishda, yoki ryukzagingizda olib yurishda foydalanishingiz mumkin. Qopcha naushnikni tashqi ta'sirdan himoyalaydi. Qopchaning kichik cho'ntakchasiga esa uzaytirgich kabel va mikrofonni solib qo'yishingiz mumkin.

Naushnik dinamiklari 53mm o'lchamga ega va ular bemalol Hi-Fi Stereo turidagi ovozni sifatli eshitish imkoniyatini beradi.

Umuman ushbu naushnikdan foydalanish jarayonida unga o'rganib qolish juda ham onson. Shu sababli oddiy naushniklardan butunlay voz kechib yuborishingiz aniq.

Naushnik PS4, PS4 Pro, Xbox One, Xbox One S, PC, Mac va smartfonlarda muammosiz ishlaydi.

 

Ushbu naushnikni tanishib chiqish uchun taqdim etgan HyperX brendiga hamda O'zbekistondagi SDC kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив