Lenovo ThinkPad lineykasidagi noutbuklarini yangiladi

Lenovo kompaniyasi 2018-yilda ishlab chiqarilishi mo'ljallangan ThinkPad lineykasiga oid noutbuklarini taqdim etdi.


CES 2018 ko'rgazmasida taqdimoti bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan to'qqiz xildagi ThinkPad noutbuklari avvalo biznes yo'nalish uchun mo'ljallangan. Ushbu noutbuklar ximoyalangan korpus, uzoq vaqt davomida bir zaryaddan foydalangan holda ishlash va maxsus firma trekpointiga ega.

X modelidagi (X208 va X380 Yoga) o'zgarishlar avvalgi yillardagiga nisbatan e'tiborni koproq o'ziga tortadi. Ushbu seriyadagi noutbuklar maxsus sharnirga ega. Bunday sharnirlar ekranni 360-darajada o'zgartirish imkonini beradi. O'z navbatida bunday noutbukni planshet sifatida ham ishlatish imkoniyati paydo bo'ladi. Bundan tashqari X360 Yoga modelida maxsus stilus ham komplektda mavjud.

ThikPad 2018 noutbuklarining barchasi USB Type-C orqali quvvatlanishi mumkin. Bundan tashqari barcha shu turdagi noutbuklarda web-kameralarni yopib qo'yuvchi maxsus ThinkShutter yopqichi mavjud.

Barcha yangi ThinkPad modellari sakkizinchi avlod Intel protsessorlari bilan jihozlangan. Ba'zi modellarda Windows Hello ishlashi uchun IK datchiklar mavjud.

ThinkPad noutbuklari yaqin orada sotuvga chiqishi mo'ljallangan. Quyida esa ularning boshlang'ich narxlari keltirib o'tilgan:

  • ThinkPad X280 – $999
  • ThinkPad T480 – $989
  • ThinkPad X380 Yoga – $1459
  • ThinkPad T480s – $1269
  • ThinkPad T580 – $1079
  • ThinkPad L380 – $449
  • ThinkPad L380 Yoga – $549
  • ThinkPad L480 – $779
  • ThinkPad L580 – $769

Izohlar

Izoh qoldirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив